
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakatimiz fuqarolarini davlat mustaqilligining 35 yillik shodiyonalari bilan qizg‘in tabrikladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
O‘zining rasmiy tabrik so‘zlarida Saida Mirziyoyeva Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kelgusi o‘n yillik strategik rivojlanish uchun Milliy yuksalish davri deb nomlanganini alohida e’tirof etdi. Mazkur tashabbus yurtimiz taraqqiyotining yangi va mas’uliyatli bosqichini boshlab berishini ta’kidlagan Administratsiya rahbari, bu davr milliy manfaatlarimizni himoya qilish hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta yutuqlarga erishish uchun zamin yaratishini qayd etdi.
Tabrik matnida kelgusi yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz farovonligini oshirish va davlatimiz nufuzini xalqaro maydonda yanada yuksaltirishga qaratilgan maqsadlar muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. Saida Mirziyoyeva erishilgan yutuqlar xalqimizning birligi va fidokorona mehnati mahsuli ekanligini qayd etib, barchaga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Mustaqillik bayrami arafasida bildirilgan bu ezgu tilaklar mamlakatimizning kelgusi taraqqiyot yo‘lidagi qat’iy irodasini ifodalaydi.






Izohlar
0