Qashqadaryoda qoidalarga rioya qilgan haydovchilar rag‘batlantirilmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Qashqadaryoda qoidalarga rioya qilgan haydovchilar rag‘batlantirilmoqda

Qashqadaryo viloyatida skuter va moped boshqaruvchilari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilayotgan mazkur targ‘ibot jarayonida yo‘l qoidalariga qat’iy amal qilayotgan intizomli haydovchilar rag‘batlantirilmoqda. Xususan, qoidalarga rioya etgan fuqarolarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning mas’uliyati e’tirof etilmoqda.

Shu bilan birga, nazorat tadbirlari davomida haydovchilar bilan tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda. Mutaxassislar tomonidan skuter va moped boshqaruvida himoya dubulg‘alari hamda boshqa zarur vositalardan foydalanish, shuningdek, belgilangan tezlik me’yorlariga qat’iy amal qilish hayotiy zarurat ekanligi ta’kidlanmoqda.

Yo‘l harakati qoidalarini buzish oqibatlari va xavfsizlik choralariga befarq bo‘lmaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar hududda yo‘l-transport hodisalarining kamayishiga va haydovchilarning madaniyatini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish