
Toshkent shahrining Olmazor tumanida yuz bergan fojiali hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Tuman hududidagi xonadonlarning birida 16 yoshli qizning jasadi topilgan. Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, voqea joyi va holat bilan bog'liq dastlabki ma'lumotlar 2026 yil 12 oktyabr kuni soat 18:12 da qabul qilingan. «112» tezkor raqamiga kelib tushgan xabarga ko'ra, Toshkent shahri Olmazor tumanidagi «Ibrohim ota» mahallasi, Chuqursoy ko'chasida joylashgan xonadonlarning birida voyaga yetmagan shaxs vafot etgan.
Hozirda tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi ko'zdan kechirilib, o'lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tergov harakatlari davomida hodisaning barcha tafsilotlari o'rganilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ishning borishi haqida qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etilishini qayd etdi.






Izohlar
0