Doimiy shikoyat qilish inson sog‘lig‘iga qanday zarar yetkazadi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Doimiy shikoyat qilish inson sog‘lig‘iga qanday zarar yetkazadi

Kundalik turmush tarzida uchraydigan mayda kamchiliklarga e’tibor qaratib, ulardan doimiy ravishda nolish, taqdirga tan bermaslik va salbiy hissiyotlar asiri bo‘lish shunchaki yomon odat emas. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Zamonaviy tibbiyot va psixosomatika sohasida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni tasdiqlamoqdaki, bu holat insonning jismoniy salomatligiga jiddiy putur yetkazuvchi xavfli omil sanaladi. Hayotidan muttasil norozi bo‘lib yuradigan va atrof-muhitni faqat qora ranglarda ko‘radigan kishilar boshqalarga qaraganda turli kasalliklarga moyilroq ekanligi kuzatilgan.

Mutaxassislarning fikricha, doimiy stress va tushkun kayfiyat organizmning immunitet tizimini zaiflashtiradi, bu esa o‘z navbatida surunkali xastaliklarning avj olishiga zamin yaratadi. Psixologik holat va jismoniy sog‘liq o‘rtasidagi bog‘liqlik inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatdir.

O‘z fikrlarini ijobiy tomonga yo‘naltira olmagan va muammolarni bartaraf etish o‘rniga ulardan shikoyat qilishni afzal ko‘rgan shaxslarda yurak-qon tomir tizimi, hazm qilish organlari hamda asab tizimi bilan bog‘liq muammolar boshqalarga nisbatan ancha ko‘p va og‘irroq kechadi. Shu sababli, ruhiy xotirjamlikni saqlash va hayotga real, ammo xotirjam qarash salomatlikni asrashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish