
Jizzax viloyatida jamoatchilikni larzaga solgan jinoyat ishi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
O‘n yoshli bolaga nisbatan ikki oy davomida jinsiy tajovuz qilganlikda gumon qilinayotgan 53 yoshli erkak o‘lik holda topildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida shaxsning jasadi aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, gumonlanuvchi qidiruvga e’lon qilinganidan bir kun o‘tib, ya’ni 4-oktyabr kuni qurilishi tugallanmagan binoda o‘z joniga qasd qilgan. Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi bola gumonlanuvchining turmush o‘rtog‘iga yaqin qarindosh hisoblanadi.
Ayni damda ushbu fojiali voqea yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlanib, tergovoldi harakatlari davom ettirilmoqda. Huquq-tartibot idoralari jinoyatning barcha tafsilotlarini aniqlash va qonuniy qaror qabul qilish maqsadida tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Voqeaning kelib chiqish sabablari va boshqa holatlar tergov jarayonida to‘liq o‘rganib chiqilishi rejalashtirilgan.






Izohlar
0