Germaniyada binolar dizayniga moslashuvchi quyosh panellari namoyish etildi

0
Germaniyada binolar dizayniga moslashuvchi quyosh panellari namoyish etildiOlmoniyaning Fraunhofer quyosh energetikasi tizimlari instituti muhandislari ShadeCut nomli yangi texnologiyani e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur ishlanma quyosh panellarini binolarning tashqi ko'rinishiga to'liq moslashtirish va ularni arxitekturaning ajralmas qismiga aylantirish imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar bermoqda.

Yangi uslub yordamida quyosh modullari yuzasida g'ishtli terim yoki cherepitsa kabi turli vizual tasvirlarni hosil qilish mumkin. ShadeCut texnologiyasi yorug'lik oqimini samarali boshqaruvchi mikrostrukturalarga tayanadigan MorphoColor tizimi asosida ishlaydi.

Eng muhimi, bunday estetik o'zgarishlar panellarning ish unumdorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Fraunhofer ISE mutaxassislarining ta'kidlashicha, ushbu modullar an'anaviy quyosh panellariga nisbatan 95 % quvvatni saqlab qoladi.

Yangi texnologiya ayniqsa tarixiy obidalar, binolarning fasad qismlari va tomlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda keng imkoniyatlar ochadi. Estetik ko'rinish birlamchi hisoblangan me'moriy loyihalarda ShadeCut panellari inshootning umumiy dizayniga to'liq uyg'unlashadi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari