Erkaklar salomatligini yaxshilashda pomidorning foydali xususiyatlari haqida

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish3

Erkaklar salomatligini yaxshilashda pomidorning foydali xususiyatlari haqida

Farzand ko‘rish va nasl qoldirish niyatidagi juftliklar ko‘pincha qimmatbaho dori vositalari hamda murakkab tibbiy muolajalarga murojaat qilishni afzal ko‘rishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Biroq shifokorlar va reproduktiv salomatlik bo‘yicha mutaxassislar erkaklar salomatligini mustahkamlashning eng samarali, oddiy va tabiiy usullaridan biri kundalik taomnoma tarkibini to‘g‘ri shakllantirish ekanligini ta’kidlashmoqda. Xususan, mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, qizil pomidor tarkibidagi moddalar erkaklar reproduktiv funksiyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ota bo‘lishni maqsad qilgan erkaklarga kundalik ratsionga ko‘proq yangi uzilgan pomidorlarni kiritish tavsiya etiladi. Ushbu sabzavot tarkibidagi likopin moddasi antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘lib, u spermatozoidlar sifatini oshirish va ularning harakatchanligini yaxshilashga yordam beradi.

Shuningdek, muntazam ravishda pomidor iste’mol qilish umumiy organizm holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yallig‘lanish jarayonlarining oldini olishga xizmat qiladi. Tibbiyot vakillari mazkur mahsulotni nafaqat xomligicha, balki termik ishlov berilgan holda ham iste’mol qilish foydali ekanini qo‘shimcha qilishadi.

Chunki issiqlik ta’sirida pomidor tarkibidagi foydali moddalar yanada yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Shu tariqa, qimmatbaho preparatlarga ehtiyoj sezmasdan, oddiy oziq-ovqat mahsulotlari yordamida ham reproduktiv salomatlikni saqlab qolish imkoniyati mavjud.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish