
Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior ayni damda o‘zining eng yaxshi sport formasida emas. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Shu sababli jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu navbatdagi uchrashuvni braziliyalik futbolchini zaxira o‘rindig‘ida qoldirgan holda boshlashga qaror qildi. Mutaxassisning bu qarori Vinisiusni asosiy tarkibdan butunlay chiqarib tashlashni anglatmaydi, aksincha, murabbiy bu yo‘l bilan yulduz futbolchini ruhiy jihatdan uyg‘otish va uning o‘yiniga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirishni maqsad qilgan.
Defensa Central nashrining xabar berishicha, Mourinyu ushbu qadam orqali futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini so‘ndirmagan holda, undan kutilayotgan samarali reaksiyani yuzaga keltirmoqchi. Rejaga ko‘ra, Vinisius «Vilyarreal»ga qarshi kechadigan bahsda maydonga zaxiradan qo‘shiladi.
Portugaliyalik murabbiy kelgusi o‘yinlarda hujumchini yana asosiy tarkibga qaytarishni rejalashtirmoqda. Mourinyu Vinisius Juniorning tezroq optimal sport formasiga kirishiga va «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan «El-klasiko» bahsiga qadar to‘liq tayyor bo‘lishiga umid qilmoqda.
Jamoa murabbiylar shtabi futbolchining salohiyatiga ishonch bildirgan holda, uning mavsumning hal qiluvchi pallalarida jamoaga katta foyda keltirishiga tayanmoqda.






Izohlar
0