
AQSh prezidenti Donald Tramp o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Oydagi geosiyosiy manfaatlar va da'volarga ishora qiluvchi mazmundagi suratni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
ixbt.com manbasiga ko'ra, davlat rahbari oy yuzasi fonida tasvirlangan AQSh bayrog'i hamda ingliz tilida "The Moon Is Ours" ya'ni "Oy bizniki" degan yozuv tushirilgan tasvirni ulashgan. Ushbu bayonot hech qanday rasmiy izoh yoki qo'shimcha tushuntirishlarsiz taqdim etilgan bo'lsa-da, mazkur harakat Vashingtonning kosmik fazodagi strategik maqsadlari va ambitsiyalari bo'yicha turli taxminlarni keltirib chiqardi.
Siyosatchining mazkur posti xalqaro hamjamiyat va kosmik tadqiqotlar bilan shug'ullanuvchi ekspertlar o'rtasida qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Ayni paytda Oq uy ma'muriyati mazkur tasvirning aniq maqsadi yoki AQShning Oy yuzasidagi kelgusi rejalariga oid savollarga hozircha aniq javob qaytarmadi.
Mutaxassislar ushbu holatni Trampning kosmik siyosatdagi qat'iy pozitsiyasini namoyish etishga urinishi sifatida baholashmoqda.






Izohlar
0