Buxoroda talaba qizga shilqimlik qilgan tyutor qamoq jazosiga tortildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Buxoroda talaba qizga shilqimlik qilgan tyutor qamoq jazosiga tortildi

Buxoro shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan birida faoliyat yuritib kelayotgan 40 yoshli tyutorga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur shaxs o‘z talabasiga nisbatan yo‘l qo‘ygan nomaqbul xatti-harakatlari sababli 3 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Sud hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur voqea 2026 yilning 14 avgust kuni kechki soat 22:00 atrofida yuz bergan.

A.A. ismli tyutor universitetda tahsil olayotgan qiz talabaga telefon orqali bog‘lanib, odob-axloq qoidalariga zid munosabatda bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud mazkur holatni o‘rganib chiqib, shaxsning xatti-harakatlari ma’muriy huquqbuzarlik alomatlarini o‘z ichiga olganini aniqladi. Natijada sud tegishli qaror qabul qilib, aybdor shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ta’minladi.

Ushbu holat ta’lim tizimidagi xodimlar va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarda axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish