Avtomobil kapotiga buyum o‘rnatgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

Avtomobil kapotiga buyum o‘rnatgan haydovchi 15 sutkaga qamaldiToshkent shahrida avtomobil kapotiga axloq-odob qoidalariga zid bo‘lgan intim xususiyatga ega buyumni mahkamlab harakatlangan haydovchiga nisbatan sud qarori qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga va jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan ushbu holat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olindi. Tergov va sud jarayonida aniqlanishicha, haydovchi o‘z harakati bilan jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.

Sud majlisida ayblanuvchi mazkur buyumni o‘zi joylashtirmaganini va bu boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilganini ta’kidlab, o‘zini oqlashga uringan. Biroq, sud haydovchining vajlarini yetarli darajada asosli deb topmadi.

Sud mazkur qilmishni mayda bezorilik sifatida malakalab, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan aybdorga 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosini tayinladi. Ushbu holat jamiyatda axloqiy me’yorlarga rioya qilish hamda transport vositalaridan foydalanishda jamoat tartibini saqlash muhimligini yana bir bor ko‘rsatib o‘tdi.

Sud qarori qonuniy kuchga kirdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish