Apple va Samsung yupqa displeyli smartfonlar ustida hamkorlik boshladi

0
Apple va Samsung yupqa displeyli smartfonlar ustida hamkorlik boshladiApple va Samsung yupqa displeyli smartfonlar ustida hamkorlik boshladi Apple kompaniyasi bo'lajak smartfonlar uchun innovatsion displey panellarini ishlab chiqishda Samsung bilan hamkorlik qilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining xabar berishicha, yangi texnologiyadan ko'zlangan asosiy maqsad qurilma korpusi qalinligini kamaytirish va tashqi ko'rinishni tubdan yangilashdan iborat. Muhandislar displey tarkibidagi polyarizatsiya qatlamidan voz kechish orqali smartfonni yanada yupqalashtirishni rejalashtirmoqda.

Mazkur texnik yechim soha uchun mutlaqo kashfiyot bo'lmasa-da, Apple hozirga qadar o'z mahsulotlarida ushbu uslubni qo'llab kelmagan. Eng muhim o'zgarishlardan biri ekran shakli bilan bog'liq bo'lishi kutilmoqda.

Insayderlar bergan ma'lumotlarga ko'ra, yangi displey to'rt tomonlama qayrilgan konstruksiyaga ega bo'ladi. Shu paytgacha iPhone modellarida asosan tekis ekranlar ishlatilgan bo'lsa, endi kompaniya Android qurilmalari orasida ommalashgan egilgan displey dizayniga o'tishi mumkin.

Mutaxassislar mobil sanoatdagi dizayn trendlari davriy xarakterga ega ekanini ta'kidlamoqda. Xitoy brendlari ko'pincha Apple tomonidan joriy etilgan yechimlarni o'zlashtirishini inobatga olsak, qayrilgan ekranlar bozorda yana yetakchilikka qaytishi taxmin qilinmoqda.

Ushbu texnologik o'zgarishlar 2025 yil sotuvga chiqishi kutilayotgan yubiley modelida namoyish etilishi mumkin.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari