Rossiyada boshpanasiz qolgan o‘zbekistonlik ona va bolalar vatanga qaytarildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Rossiyada boshpanasiz qolgan o‘zbekistonlik ona va bolalar vatanga qaytarildiSankt-Peterburg shahrida yuzaga kelgan oilaviy nizolar oqibatida og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi hamda uning to‘rt nafar farzandi ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uy-joyidan ayrilgani sababli boshpanasiz qolgan ona va bolalar masalasi tegishli tashkilotlar e’tiboriga tushdi. Mazkur fuqaro yordam so‘rab O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga murojaat qilganidan so‘ng, vaziyat nazoratga olindi.

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda diplomatik vakolatxona xodimlari hamkorligida oilaga zarur sharoitlar yaratildi. Birinchi navbatda, ular vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlanib, xavfsizligi kafolatlandi.

Shundan so‘ng, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va transport masalalarini hal etish orqali ona va uning farzandlari O‘zbekistonga sog‘-salomat qaytarildi. Mazkur holat konsullik va migratsiya idoralari tomonidan muvofiqlashtirilgan holda hal etilib, fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.

Ayni damda oila o‘z yurtiga yetib kelib, yaqinlari bag‘riga qaytgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish