AQSHning Yuta shtatida istiqomat qiluvchi Libbi Birrell va Obri Birrell ismli opa-singillar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan g‘ayrioddiy voqea qahramonlariga aylanishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Voqealar rivoji opa-singillar Airbnb platformasi orqali vaqtinchalik yashash uchun uy ijaraga olganlaridan so‘ng boshlandi. Turar joydagi xonalardan birining devorida osig‘liq turgan portretni ko‘zdan kechirar ekan, ular suratdagi insonlar aynan o‘zlarining yaqin qarindoshlari ekanligini payqab qolishdi.
Dastlab bu holat opa-singillarda tushunarsiz hayrat va qiziqish uyg‘otdi. Keyinchalik esa ushbu tasodifiy kashfiyotning ortida yashiringan haqiqat oydinlashdi.
Mazkur hodisa nafaqat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini, balki keng jamoatchilikni ham qiziqtirib qo‘ydi. Libbi va Obri Birrell Fox News Digital nashriga bergan maxsus intervyularida ushbu noodatiy vaziyat qanday yuz berganligi va oilaviy surat mutlaqo notanish uyda qanday paydo bo‘lib qolgani haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0