Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges rasman oila qurdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges rasman oila qurdi

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges uzoq yillik munosabatlariga rasman nuqta qo‘yib, oila qurganliklarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Qariyb o‘n yillik birgalikdagi hayotdan so‘ng, juftlik 11 avgust kuni Portugaliyaning Kashkaysh shahridagi shaxsiy qarorgohida nikohdan o‘tdi. Mazkur tadbir fuqarolik nikohi shaklida va juda tor doirada tashkil etilgan bo‘lib, jarayon qat’iy maxfiylik ostida o‘tgan.

Qayd etilishicha, marosimda hatto futbolchining yaqin qarindoshlari, jumladan, onasi hamda aka-opa-singillari ishtirok etmagan. Ushbu yangilik ortidan sportchining rasmiy vakillari nikoh faktini tasdiqlashdi.

Shunga qaramay, juftlik to‘y tafsilotlari hamda marosimning nima uchun bunchalik sir saqlangani borasida qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortdi. Ayni damda muxlislar va ommaviy axborot vositalari dunyoga mashhur futbolchining hayotidagi bu muhim o‘zgarishni katta qiziqish bilan kuzatmoqda.

Ronaldu va Rodriges o‘zaro kelishuvga ko‘ra, shaxsiy hayotlaridagi ushbu muhim voqeani omma ko‘zidan yiroqda qoldirishni afzal ko‘rishdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish