Germaniya o‘zbekistonlik yoshlar uchun yangi ta’lim dasturini boshladi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Germaniya o‘zbekistonlik yoshlar uchun yangi ta’lim dasturini boshladi

Germaniyaning yetakchi temiryo‘l operatori hisoblangan Deutsche Bahn kompaniyasi O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish agentligi bilan hamkorlikda yangi ta’lim dasturini ishga tushirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tashabbus doirasida O‘zbekiston yoshlari uchun Germaniyada «temiryo‘l montajchisi» mutaxassisligi bo‘yicha uch yillik dual ta’lim olish imkoniyati yaratilmoqda. Mazkur loyiha professional ko‘nikmalarni xalqaro standartlar asosida shakllantirish va nemis tajribasini o‘zlashtirishni ko‘zlaydi.

Dastur ishtirokchilari nafaqat nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, balki o‘qish davrida kafolatlangan daromad olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. O‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni Germaniya mehnat bozoriga moslashtirish va ularning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ushbu hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va migratsiya sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Tanlov va qabul jarayonlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar mas’ul agentliklar tomonidan taqdim etiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish