Britaniyalik jurnalist qutqarilgan besh ayiqni Buyuk Britaniyaga olib keldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Britaniyalik jurnalist qutqarilgan besh ayiqni Buyuk Britaniyaga olib keldi

Britaniyalik tabiat himoyachisi va mashhur teleboshlovchi Jimmi Doerti Janubiy Koreyadagi ayiq o‘ti fermalaridan birida saqlanayotgan beshta Osiyo qora ayig‘ini qutqarish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani amalga oshirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Qutqarilgan jonivorlar 5 500 mil masofani bosib o‘tib, Buyuk Britaniyaga yetkazildi. Bara, Rumi, Seybit, Yon-gi va Huimang ismli ushbu ayiqlar yigirma yildan ortiq vaqt davomida tor va zanglagan temir qafaslarda saqlanib kelgan edi.

Og‘ir sharoitlarda yashashga majbur bo‘lgan mazkur hayvonlar nihoyat ozodlikka chiqdi. Hozirgi vaqtda ular Suffolk grafligining Ipsvich shahri yaqinida joylashgan Jimmy's Farm and Wildlife Park hududiga joylashtirildi.

Bu yerda ayiqlar uchun tabiatga yaqin sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular malakali mutaxassislar nazorati ostida reabilitatsiya jarayonini boshlashdi. Mazkur voqea xalqaro miqyosda hayvonlar huquqlarini himoya qilish va ularni qafasda saqlash amaliyotiga chek qo‘yish zarurligini yana bir bor dolzarb qilib qo‘ydi.

Jimmi Doerti ushbu jonivorlarning yangi hayotiga moslashishiga ko‘maklashish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish