Berlinda Rizo Pahlaviyning ustiga qizil bo'yoq sepib ketildi

0
Berlinda Rizo Pahlaviyning ustiga qizil bo'yoq sepib ketildiBerlin shahrida Eronning so'nggi shohi o'g'li Rizo Pahlaviyga nisbatan hujum uyushtirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa aks etgan videotasvirlar 23 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda Dzen nashri ma'lumot berdi.

Noqonuniy harakat Pahlaviy ishtirokidagi matbuot anjumani yakunlangach sodir bo'lgan. Videolavhada noma'lum erkak uning yoniga kelib, ustiga to'q qizil rangli suyuqlik sepganini ko'rish mumkin.

Dastlabki taxminlarga ko'ra, hujumchi Eronning amaldagi hukumatini qo'llab-quvvatlovchi shaxs bo'lishi ehtimoli bor. Ishlatilgan suyuqlik qon ramzi sifatida tanlangan bo'lib, u pomidor sharbati ekani aytilmoqda.

Mazkur voqeadan so'ng huquqbuzar politsiya xodimlari tomonidan hibsga olindi. Ma'lumot uchun, Pahlaviy 2025 yil dekabridan buyon Erondagi norozilik namoyishlarini faol qo'llab-quvvatlab keladi.

U mamlakatdagi mavjud boshqaruv tizimini o'zgartirishga chaqirib, xavfsizlik kuchlari hamda amaldorlarni namoyishchilar tomoniga o'tishga undagan. Shuningdek, u Eron oliy rahnamosi Ali Xominaiyning vafoti xabariga nisbatan ochiqdan-ochiq ijobiy munosabat bildirgan edi.

Hozirda Berlin politsiyasi hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari