Rottnest orolidagi restoranda kvokkalar kirishi taqiqlandi
Avstraliyaning Rottnest orolida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanlaridan biri kvokkalarning ichkariga kirishini rasman chekladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Restoran ma'muriyati sayyohlar uchun bir necha tilda ogohlantirish belgilarini o'rnatgan bo'lsa-da, amalda ushbu qoidalarga mehmonlar va hayvonlar tomonidan yetarli darajada rioya qilinmayotgani aniqlandi. O'zining "tabassum" qiluvchi yoqimtoy ko'rinishi bilan tanilgan kvokkalar odamlardan oziq-ovqat so'rashga o'rganib qolgan.
Shu sababli hayvonlar tez-tez restoran hududiga kirib bormoqda. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bunday holat nafaqat belgilangan tartibning buzilishiga sabab bo'ladi, balki hayvonlar hayoti uchun ham jiddiy xavf tug'diradi.
Tadqiqotchilar insonlar iste'mol qiladigan mahsulotlar kvokkalar organizmi uchun zararli ekanidan ogohlantirmoqda. Restoran ichiga kirgan hayvonlar odamlar beradigan oziq-ovqatlarni yeyishi natijasida ularning salomatligida jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Shu sababli orol ma'muriyati sayyohlarni hayvonlarni ovqatlantirmaslikka va o'rnatilgan taqiqlarga qat'iy amal qilishga chaqirdi.