Avstraliyada rekord narxda sotilgan buqaning qimmatligi nimada

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish3

Avstraliyada rekord narxda sotilgan buqaning qimmatligi nimada

Avstraliyada chorvachilik sohasida yangi rekord qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatdagi kim oshdi savdolaridan birida Angus zotiga mansub buqa 420 ming Avstraliya dollari yoki taxminan 300 ming AQSH dollari evaziga sotildi. Mazkur narx Avstraliya tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri sifatida qayd etildi.

Sotuvga qo‘yilgan 19 oylik hayvon o‘zining jismoniy rivojlanishi hamda yuqori nasl berish salohiyati bilan xaridorlar e’tiborini tortdi. Wyatt W50 nomi bilan tanilgan ushbu buqa Yangi Janubiy Uels shtatida joylashgan Millah Murrah naslchilik xo‘jaligida parvarishlangan.

Mazkur xo‘jalik hududda sifatli qoramol zotlarini yetishtirish bo‘yicha yuqori obro‘ga ega. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sotib olingan buqaning genetik xususiyatlari kelgusida mahalliy chorvachilik tarmoqlarini yanada yaxshilash va naslchilik sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Savdo natijalari chorvadorlar hamda soha ekspertlari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi va bu qoramol bozoridagi narxlar dinamikasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish