AQSh Eron aviatsiyasiga yangi sanksiyalar joriy etdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

AQSh Eron aviatsiyasiga yangi sanksiyalar joriy etdiAQSh Moliya vazirligi Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirganini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) bergan ma’lumotga ko‘ra, yangi cheklovlar sakkiz nafar Eron fuqarosiga va Eron hamda Birlashgan Arab Amirliklaridagi to‘rtta kompaniyaga qaratilgan. Shuningdek, Mahan Air aviakompaniyasiga tegishli ikkita Boeing 777-200ER samolyoti ham sanksiya ro‘yxatiga kiritildi.

Vazirlik bu qarorni Erondagi “xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi faoliyat”ga javob sifatida qabul qilganini ta’kidladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish