«Shtutgart» va «Verder» o‘zaro bahsda durang o‘ynadi

0
«Shtutgart» va «Verder» o‘zaro bahsda durang o‘ynadi
Germaniya chempionatining 31-turi doirasida «Shtutgart» o‘z maydonida Bremennings «Verder» klubini qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

«MXP-Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdilar. O‘yinning 18-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Yens Stage Yukinari Sugavaradan uzatilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi.

Birinchi bo‘lim bremenliklarning ustunligi bilan yakunlandi. Biroq, ikkinchi bo‘limda maydon egalari faollikni oshirishdi.

61-daqiqada «Shtutgart» hujumchisi Ermedin Demirovich muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan vaqt davomida hisob o‘zgarmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldilar.

Ushbu durangdan so‘ng «Shtutgart» ochkolari sonini 57 taga yetkazib, Germaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Verder» esa 32 ochko bilan 12-pog‘onadan joy olgan.

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasida 14-dekabr kuni o‘tkazilgan birinchi davra bahsida «Shtutgart» 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Keyingi turda «Shtutgart» o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun kurashni davom ettiradi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari