
Serbiyaning Vrniachka-Banya shahrida 14-21 aprel kunlari 8-18 yoshli shaxmatchilar o'rtasida yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati rapid va blits bahslarida o'tkazildi. Unda O'zbekiston vakili Afruza Hamdamova 18 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida 8,5 ochko to'plab, chempionlikni qo'lga kiritdi. Afruza Hamdamova turnir davomida o'zining mustahkam o'yin uslubi bilan e'tirofga sazovor bo'ldi.
Shu bilan birga, 12 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida Islombek Husanov bronza medalini qo'lga kiritdi. Yosh shaxmatchi o'zining yutuqlari bilan O'zbekiston shaxmat maktabining yuksak salohiyatini namoyish etdi. Xusnoraxon Xusnitdinova ham blits yo'nalishida o'z mahoratini ko'rsatib, jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi va kumush medal sohibi bo'ldi.
Hozirda musobaqaning blits bahslari davom etmoqda. Turnirning yakuniy natijalari 20 aprel kuni e'lon qilinishi kutilmoqda. O'zbekistonlik yosh sportchilarning bu muvaffaqiyatlari yurtimiz sport olamida katta quvonch uyg'otdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0