
Germaniya chempionatining 30-turida «Borussiya» (Myonxengladbax) o'z maydonida «Maynts» jamoasini qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. O'yinning dastlabki daqiqalaridanoq hisob ochildi.
7-daqiqada Ugo Bolin uzatmasidan so'ng Jozef Skalli gol urdi. «Maynts» esa o'yin oxirida, qo'shimcha taymlarda Nadim Amiri tomonidan penaltidan kiritilgan gol evaziga durangga erishdi.
Myonxengladbaxliklar Bundesligada 13-o'rinni egallab turibdi va 31 ochko jamg'argan. «Maynts» esa 34 ochko bilan o'ninchi pog'onada joylashgan.
Joriy mavsumning birinchi davrasida «Borussiya» «Maynts» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0