Nyukasl nigeriyalik iqtidorli futbolchi uchun 24 million yevro taklif qildi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish2

Nyukasl nigeriyalik iqtidorli futbolchi uchun 24 million yevro taklif qildi
Angliya Premer-ligasi ishtirokchisi Nyukasl Yunayted yozgi transferlar mavsumi oldidan tarkibni kuchaytirish borasidagi sa'y-harakatlarini jadallashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Klub Shvetsiyaning AIK jamoasi sharafini himoya qilayotgan istiqbolli futbolchi Zadok Yohanna uchun rasmiy taklif bilan chiqdi. Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi 18 yoshli vinger uchun 24 million yevro to'lashga tayyorligini bildirgan.

O'zining tezkor va texnik jihatdan boy o'yin uslubi bilan muxlislar hamda mutaxassislar e'tiborini tortgan yosh iqtidor "Nigeriyalik Neymar" nomi bilan tanilgan. Hozirgi kunda Yohanna Yevropa futbolidagi eng ko'p kuzatilayotgan va talabgir yosh o'yinchilardan biriga aylangan.

Goal.com nashrining xabar berishicha, Nyukasl Yunayted ushbu transfer orqali kelajak uchun muhim sarmoya kiritishni maqsad qilgan. Ayni paytda tomonlar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, Sky Sports Germaniya kanali ham ushbu transfer jarayoni yaqindan kuzatilayotganini ta'kidlagan.

Klub rahbariyati yosh futbolchini jamoa loyihasiga mos kelishiga ishonch bildirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish