Muhammad Saloh faoliyatini Turkiyaning Beshiktosh klubida davom ettirishi mumkin

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Muhammad Saloh faoliyatini Turkiyaning Beshiktosh klubida davom ettirishi mumkinAngliyaning Liverpul klubi bilan xayrlashgan Muhammad Salohning kelgusi faoliyati borasida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, 34 yoshli misrlik hujumchi o‘z faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi ehtimoli yuqori. A Spor nashrining ma’lum qilishicha, Istanbulning Beshiktosh klubi tajribali futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Turkiya tomoni Salohga qisqa muddatli shartnoma hamda yuqori maosh ko‘zda tutilgan kelishuvni taklif qilgan. Tomonlar o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki muloqotlar ijobiy yakunlangan bo‘lib, hozirgi bosqichda asosiy e’tibor moliyaviy masalalarga qaratilmoqda.

Eng muhim jihati shundaki, Muhammad Saloh o‘zining avvalgi daromadlari sezilarli darajada kamayishiga rozi bo‘ladimi yoki yo‘q, bu hamon savol ostida qolmoqda. Ayni damda klub rahbariyati va futbolchi agentlari shartnoma shartlarini kelishib olish ustida ish olib borishmoqda.

Agar tomonlar maosh masalasida umumiy to‘xtamga kela olishsa, yaqin vaqt ichida transfer rasmiylashtirilishi mumkin.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish