
Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek yana Madridning "Real" klubi transfer nishoniga aylandi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda nufuzli BILD nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga Yevropaning oltita yirik klubi qiziqish bildirmoqda va ular orasida "Qirollik klubi" ham bor.
Shlotterbekning dortmundliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasida tovon puli belgilanib, u 60 million yevroni tashkil etadi. Mazkur shart potentsial xaridorlar uchun transfer jarayonini ancha osonlashtirishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, joriy mavsumda himoyachi Germaniya chempionatida atigi bitta o‘yinda maydonga tushdi. U mavsumning dastlabki qismini jarohati sababli o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.
Hozirda futbolchi o‘z sport formasini tiklash ustida ishlamoqda. Niko Shlotterbekning "Borussiya" bilan tuzgan amaldagi mehnat shartnomasi 2031-yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Shunga qaramay, yuqori saviyadagi klublarning qiziqishi futbolchining kelajagi borasida turli mish-mishlarni keltirib chiqarmoqda. Transfer oynasi ochilishi bilan vaziyat yanada oydinlashishi kutilmoqda.






Izohlar
0