El-Klasikoda futbolchiga hujum qilgan muxlisning shaxsi aniqlandi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

El-Klasikoda futbolchiga hujum qilgan muxlisning shaxsi aniqlandi


Ispaniya chempionati doirasida o‘tkazilgan navbatdagi "El-Klasiko" bahsi keskin kurashlar va noxush hodisa bilan yodda qoldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur uchrashuvda "Real Madrid" safarda "Barselona" ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabani tantana qildi. Biroq o‘yin davomida yuz bergan voqea jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Madridlik futbolchilar ikkinchi golni nishonlayotgan vaqtda, "Barselona" muxlislaridan biri maydon chetiga yaqinlashib, "Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga bayroq dastasi bilan zarba berdi. Tajovuzkor shaxs nafaqat futbolchiga, balki uning yonida bo‘lgan boshqa o‘yinchilarga ham bir necha bor zarba berishga uringan.

Ushbu holatdan so‘ng La Liga rahbariyati huquq-tartibot organlariga rasmiy shikoyat kiritdi. AS nashrining xabar berishicha, "Barselona" klubi xodimlari ko‘magida politsiya qoidabuzarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

Xususan, muxlis 3 ming yevrodan 60 ming yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin. Bundan tashqari, qoidabuzarga kelgusida sport tadbirlariga tashrif buyurish taqiqlanishi va bu cheklov ikki yildan besh yilgacha davom etishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish