"Chelsi" raqiblarining pastga tushishidan foydalanmoqchi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

"Chelsi" raqiblarining pastga tushishidan foydalanmoqchi
"Chelsi" klubi Angliya Premyer-ligasidagi "Tottenhem" va "Vest Hem" jamoalarining turnir jadvalidagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur jamoalarning oliy divizonda qolish uchun kurashi Londonning boshqa bir giganti bo'lgan "Chelsi"ga transfer bozori borasida strategik imkoniyatlar yaratishi mumkin. Jurnalist Saymon Fillipsning xabar berishicha, agar "shporlar" yoki "bolg'achilar" mavsum yakunida Chempionshipga tushib ketsa, ushbu jamoalarning yetakchi futbolchilari klubni tark etishga intilishi ehtimoli yuqori.

Aynan shu vaziyatdan foydalanib, "Chelsi" o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Xususan, "ko'klar" "Tottenhem" tarkibidagi Mohammed Kudus va Lukas Bergvall, shuningdek, "Vest Hem"ning yetakchi hujumchisi Jarrod Bouenning xizmatlariga qiziqish bildirgan.

Agar ushbu klublar ikkinchi divizionga tushsa, futbolchilarning transfer qiymati sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda turnir jadvalidagi vaziyat ancha keskin: "Tottenhem" 30 ochko bilan 18-o'rinda joy olib, chiqib ketish zonasida turibdi.

"Vest Hem" esa 32 ochko to'plab, nisbatan xavfsizroq bo'lgan 17-o'rinni egallagan. Mavsum yakuniga qadar olti tur qolgan bo'lib, ushbu o'yinlar natijasi futbolchilarning kelajagi va "Chelsi"ning transfer rejalari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish