
«Barselona» ikki qanotni ham to'liq yopa oladigan latiralni (himoyachi) o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, hozirda "ko'k-anorranglilar" "Yuventus" futbolchisi Andrea Kambiyasso hamda mavsum davomida ijara asosida "Kalyari"da to'p surayotgan "Atalanta" futbolchisi Marko Palestrani ko'rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, bu ikki futbolchi turlicha profildagi o'yinchilar ekani, shu sababli "Barselona" ichida bahslar davom etayotgani ta'kidlanadi. Kambiyasso joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Palestrning hisobida esa joriy Italiya chempionatida 32 ta o'yin, bitta gol va to'rtta golli uzatma mavjud.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0