Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi mexanizmlari joriy etiladi

0
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sud-huquq tizimida korrupsiyaning oldini olish hamda nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan yangi tashabbuslar va takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Davlat rahbari sud organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda adolatni qaror toptirishda xodimlarning halolligi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Ayni paytda sud tizimida nafaqat sudyalar, balki to‘rt ming sakkiz yuz nafarga yaqin apparat xodimlari ham faoliyat yuritmoqda.

Ularning ish jarayonida qonuniylik va xolislikka rioya etishi tizim nufuzini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Shu boisdan, sud tizimida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida nazoratni kuchaytirish va sohani raqamlashtirishni nazarda tutuvchi bir qator yangi chora-tadbirlarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Xususan, tizimda ichki nazoratni amalga oshiruvchi yangi xizmatni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Mazkur yangiliklar sud ishlarini yuritishda inson omilini kamaytirish hamda xodimlarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari