O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva YUNЕSKO bosh direktori Holid al-Ananiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va mazkur xalqaro tashkilot o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuvning asosiy kun tartibidan Samarqand shahrida tashkil etilgan YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida imzolangan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish masalalari o‘rin oldi.
Muloqot ishtirokchilari erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash hamda madaniy merosni asrab-avaylash, ta’lim va fan sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi aniq qadamlarni tahlil qildilar. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda global miqyosdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston hamda YUNЕSKO o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni belgilab oldilar. Muzokaralar yakunida kelgusi hamkorlik rejalari va muhim strategik vazifalar yuzasidan kelishuvga erishildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0