Yulduz Usmonova yelkasidagi tatuirovka tarixi haqida gapirib berdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Yulduz Usmonova yelkasidagi tatuirovka tarixi haqida gapirib berdi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova IntervyuTV kanaliga bergan intervyusida o‘zining ko‘pchilikka tanish bo‘lgan yelkasidagi yo‘lbars tasviri tushirilgan tatuirovka haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San’atkoring so‘zlariga ko‘ra, mazkur suratni u Gollandiyada istiqomat qilgan davrda tanasiga chizdirgan. Biroq bugungi kunda xonanda o‘z tanlovidan qisman afsusda ekanligini yashirib o‘tirmadi.

Suhbat jarayonida jurnalist xonandadan uning avvalgi suratlarida o‘ng yelkasida yaqqol ko‘zga tashlanadigan yo‘lbars tasviri doimiy tatuirovka hisoblanadimi yoki vaqtinchalik yopishtirma (nakleyka)mi, degan savolni o‘rtaga tashladi. Yulduz Usmonova bu boradagi aniqlikni kiritar ekan, mazkur tasvirning kelib chiqish tarixi va bugungi kundagi qarashlari haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.

Xonanda o‘tmishdagi bu qarori uning yoshlik davridagi qiziqishlari bilan bog‘liqligini, hozirda esa bunday bezaklarga bo‘lgan munosabati tubdan o‘zgarganini ta’kidladi. Ushbu mavzu muxlislar orasida ham doimiy qiziqish uyg‘otib kelgan edi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish