
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qatar davlatiga tashrifi doirasida Qatar muzeylari boshqaruvi raisi Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan birgalikda Dohada joylashgan Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur nufuzli dargohda O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosini xalqaro hamjamiyatga keng targ‘ib etishga qaratilgan O‘zbekiston: harakatdagi meros hamda Ektashif O‘zbekiston nomli yirik ko‘rgazmalarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro ahamiyatga ega tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda O‘zbekistonning noyob tarixiy qadriyatlarini jahon miqyosida namoyish etishda muhim o‘rin tutadi.
Ko‘rgazmalar orqali tashrif buyuruvchilar o‘zbek xalqining ko‘p asrlik san’ati va madaniy taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tomonlar mazkur loyihalarning amalga oshirilishi xalqlararo muloqotni rivojlantirish va madaniy almashinuv dasturlarini kengaytirishda strategik ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.
Tadbir davomida namoyish etilgan eksponatlar O‘zbekiston madaniy xazinasining naqadar betakror ekanligini yana bir bor tasdiqladi.






Izohlar
0