AQSH Tramp vakillari tashrifi chog‘ida sulh saqlashni talab qildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

AQSH Tramp vakillari tashrifi chog‘ida sulh saqlashni talab qildi

Vashington rasmiy Kiyev va Moskvaga shoshilinch murojaat bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari ikki davlat poytaxtlarida bo‘lib turadigan dam olish kunlari davomida shaharlarga harbiy zarbalar berishni vaqtincha to‘xtatib turishni qat’iy talab qildi. The New York Times nashrining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Oq uy ushbu chorani muzokaralar xavfsizligini ta’minlash va tinchlik muloqotini boshlash uchun zarur deb hisoblamoqda.

Diplomatik manbalarga ko‘ra, AQSH ma’muriyati harbiy harakatlar diplomatik jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda. Shu sababli, tomonlarga kelgusi kunlarda harbiy faollikni pasaytirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan.

Hozircha Kiyev va Moskva ushbu murojaat yuzasidan rasmiy bayonot bermadi. Tahlilchilarning fikricha, bu qadam tomonlarni muzokara stoliga qaytarish uchun qilingan urinish bo‘lib, kelgusi kunlardagi harbiy vaziyat aynan shu kelishuvning samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.

Vashington vaziyatni barqarorlashtirish uchun o‘z vositachilik missiyasini davom ettirishini bildirgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish