Komila lolo taxallusi bilan tanilgan bloger turmushga chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Komila lolo nomi bilan mashhur bo'lgan Kamila Vladislavovna o'zining shaxsiy hayotidagi muhim yangilikni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ijodkor Instagram sahifasi orqali muxlislariga 24 aprel 2026 yil kuni nikoh marosimi bo'lib o'tganini ma'lum qildi. Bloger tarmoqqa joylashtirilgan videolavhaga "24.04.2026.
Baxt oddiylikda" deya izoh qoldirgan. Taqdim etilgan videotasvirlarda tantana fayzli va samimiy muhitda o'tganini kuzatish mumkin.
Tasvirlarda yosh oila vakillarining quvonchli lahzalari aks etgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kuzatuvchilar post ostida juftlikka baxt hamda oilaviy xotirjamlik tilab, ko'plab tabriklar qoldirmoqda.
Kamila Vladislavovna o'zining hazilga boy chiqishlari, yuqori kayfiyati hamda soddaligi bilan boshqa bloger va aktrisalardan ajralib turadi. Aynan shu xislatlari sababli u keng auditoriya e'tiborini qozonishga muvaffaq bo'lgan.
Yosh oila a'zolariga mustahkam sog'lik va baxt tilaymiz.