
Majburiy ijro byurosining Zomin tumani bo‘limi tomonidan aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan yuritilayotgan ijro ishi doirasida soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur korxonaning davlat byudjeti oldidagi majburiyatlari 500 million so‘mni tashkil etadi. Qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorlikni qoplash va ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida byuro xodimlari tomonidan tegishli huquqiy harakatlar boshlandi.
Xususan, ushbu aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo‘lgan mol-mulklar xatlovdan o‘tkazilmoqda va ularni realizatsiya qilish orqali yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash choralari ko‘rilmoqda. Mazkur jarayon ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, byuro vakillari tomonidan vaziyat nazoratga olingan.
Ayni paytda korxona mol-mulklari bo‘yicha baholash va keyingi bosqichdagi majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda. Maqsad soliq to‘lovlarini to‘liq undirish va qonun ustuvorligini ta’minlashdan iborat.






Izohlar
0