
Xitoyning Long March 6C raketa-tashuvchisi parvozidan qisqa vaqt o‘tib, kutilmagan texnik nosozlik yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com manbasiga tayanib xabar qilinishicha, raketaning yuqori pog‘onasi pastki yeroldi orbitasida parlanib ketgan. Mazkur hodisa yetti ta sun’iy yo‘ldosh muvaffaqiyatli uchirilganidan atigi ikki kun o‘tgach ro‘y bergan.
Mutaxassislarning fikricha, mazkur parlanish natijasida kosmik fazoda o‘nlab, ehtimol yuzlab yangi qoldiqlar paydo bo‘lgan. Bu holat pastki yeroldi orbitasidagi chiqindilar miqdorining ortishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda tegishli tashkilotlar mazkur parlanishning aniq sabablarini o‘rganmoqda va yuzaga kelgan kosmik chiqindilarning boshqa sun’iy yo‘ldoshlar hamda xalqaro kosmik stansiyalar uchun xavf darajasini baholamoqda. Garchi ushbu hodisa rejalashtirilgan missiya yakunlanganidan so‘ng sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, kosmik makon xavfsizligi nuqtai nazaridan jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
Hozircha Xitoy tomoni ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot bermadi, biroq kuzatuvchilar orbitadagi vaziyatni diqqat bilan nazorat qilmoqdalar.






Izohlar
0