Xiaomi kompaniyasi yangi Poco Pad C1 planshetini taqdim etdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xiaomi kompaniyasi yangi Poco Pad C1 planshetini taqdim etdiXiaomi kompaniyasi Poco subbrendi doirasida yangi Poco Pad C1 planshetini xalqaro bozorga chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hozirgi vaqtda mazkur qurilma Malayziya, Singapur va Tailand hududlaridagi savdo nuqtalarida rasman sotuvga qo'yildi. Ixbt.com nashrining ma'lumotlariga ko'ra, ushbu model avvalroq taqdim etilgan Poco Pad M1 gadjetining ixchamroq va hamyonbop variantidir.

Osiyo bozorida xaridorlar planshetni ko'k va kulrang ranglarda xarid qilishlari mumkin. Qurilma xotira hajmiga ko'ra ikki xil konfiguratsiyada taqdim etilmoqda.

4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega bazaviy model mintaqaga qarab 130–150 dollar oralig'ida baholangan bo'lsa, 6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotirali yuqori versiya uchun taxminan 180 dollar narx belgilangan. Texnik jihatdan Poco Pad C1 Qualcomm Snapdragon 6s 4G Gen 2 chipseti bazasida ishlaydi va kundalik vazifalar uchun maqbul samaradorlikni ko'rsatadi.

Planshet 9,7 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan bo'lib, tasvir aniqligi 2048 x 1280 piksel, kadrlar yangilanish tezligi esa 120 Hz ni tashkil etadi. Qurilma 7600 mA/soat sig'imli akkumulyatorga ega va 18 W quvvatlanish texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi.

Umumiy o'lchamlari 226,51 x 147,97 x 7,4 mm bo'lgan ushbu model 406 gramm og'irlikka ega.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish