Toshkentda o‘smir Bo‘zsuv kanalida cho‘kib vafot etdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

Toshkentda o‘smir Bo‘zsuv kanalida cho‘kib vafot etdiToshkent shahrining Yunusobod tumanida o‘lim bilan yakunlangan navbatdagi baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bo‘zsuv kanalida cho‘milishga qaror qilgan 16 yoshli o‘smir suv oqimiga bardosh bera olmay vafot etdi. Mazkur fojiali voqea yuzasidan poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi rasmiy axborot berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 21 iyul kuni sodir bo‘lgan. Soat 14:07 atrofida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yunusobod tumani, Yuqori Bo‘zsuv ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalda bir nafar fuqaro suvga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Qutqaruv guruhlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan bo‘lishiga qaramay, o‘smirning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Mutaxassislar suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ayniqsa, cho‘milish taqiqlangan hududlarga kirmaslik muhimligini yana bir bor eslatib o‘tishmoqda.

Hozirda tegishli idoralar tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish