Toshkentda avtobus eshigini ochiq holda boshqargan haydovchi jazolandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Toshkentda avtobus eshigini ochiq holda boshqargan haydovchi jazolandi

Toshkent shahrida jamoat transporti xavfsizligi qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Toshshahartransxizmat aksiyadorlik jamiyati tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu qaror ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan qabul qilingan. Videoda avtobus haydovchisi harakat vaqtida eshiklarni ochiq qoldirib, yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani aks etgan.

Mazkur murojaat mas’ul xodimlar tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, voqea joyi va holatlari atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi jarayonida 4 oktyabr kuni haydovchi O.

tomonidan yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan talablar buzilgani tasdiqlandi. Yo‘l harakati qoidalari va xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilmagan haydovchiga nisbatan amaldagi qonunchilik hamda korxona ichki tartib-qoidalariga muvofiq tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

Transport tashkiloti yo‘lovchilar xavfsizligi ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirganini bildirdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish