Toshkent metrosidagi odobli yigit amerikalik sayyohni hayratga soldi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Toshkent metrosidagi odobli yigit amerikalik sayyohni hayratga soldiO‘zbekiston o‘zining azaliy mehmondo‘stligi va yuksak insoniy fazilatlari bilan xalqaro sayyohlar e’tiborini doimiy ravishda tortib kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Navbatdagi bunday ijobiy holat Toshkent metropolitenida yuz berdi va bu voqea amerikalik sayyoh hamda uning oila a’zolarida chuqur taassurot qoldirdi. Hodisa tafsilotlariga ko‘ra, metro vagonlaridan birida ketayotgan mahalliy yigitlardan biri vagon ichida tik turgan xorijlik ayolni payqab qoladi.

Yigit hech ikkilanmay va ortiqcha so‘zlamay, o‘z o‘rnini ayol kishiga bo‘shatib bergan. Ushbu oddiy, biroq samimiy va insoniy qadam xorijlik mehmonlar uchun kutilmagan hamda quvonchli holat bo‘ldi.

Mazkur voqea o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan keksalarga va ayollarga hurmat, yuksak madaniyat hamda o‘zaro yordam kabi qadriyatlarning yorqin namunasi sifatida namoyon bo‘ldi. Sayyohlar o‘z yurtiga qaytganlaridan so‘ng, ushbu kichik voqeani iliqlik bilan eslashlarini va o‘zbek xalqining samimiyatiga yuqori baho berishlarini ta’kidlashdi.

Bunday holatlar mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini oshirish bilan bir qatorda, xalqaro maydonda ijobiy imijini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish