
Samsung Galaxy S8 va Galaxy Note 8 flagmanlari uchun rasmiy dasturiy taʼminotni qoʻllab-quvvatlash muddati yakunlanganiga qaramay, mazkur qurilmalar uchun kutilmaganda yangi yangilanishlar taqdim etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining xabar berishicha, bir necha oy avval AQSh hududida foydalanishga topshirilgan ushbu proshivka endilikda global miqyosda barcha foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlmoqda. Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur yangilanish dasturiy taʼminot xavfsizligini oshirish va tizim barqarorligini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, uzoq vaqt davomida yangilanmagan eski modellar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Galaxy S8 modeli uchun ishlab chiqilgan mazkur dasturiy taʼminot xalqaro bozorlarda bosqichma-bosqich tarqatilmoqda. Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan bu qadam, eskirgan qurilmalardan foydalanayotgan mijozlar uchun kutilmagan yangilik boʻldi.
Ayni damda yangilanishni oʻrnatish jarayoni dunyoning turli mintaqalarida davom etmoqda va foydalanuvchilarga oʻz qurilmalari sozlamalari orqali yangi proshivka mavjudligini tekshirib koʻrish tavsiya etilmoqda. Ushbu texnik yangilanish qurilmalarning ishlash samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.






Izohlar
0