
Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va unga qarashli hududiy bo‘linmalar tomonidan energiya resurslari yetkazib beruvchi korxonalar foydasiga mavjud kommunal qarzdorliklarni undirish jarayonlari qat’iy nazoratga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sud organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar sezilarli darajada jadallashtirilmoqda. Byuro xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan tahliliy ishlar shuni ko‘rsatadiki, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida kommunal to‘lovlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq jami 633 ta ijro hujjati ijrosi to‘liq ta’minlangan.
Mazkur hujjatlar doirasida davlat byudjeti va energiya ta’minoti tashkilotlari hisobiga 19 mlrd. 523 mln.
so‘m miqdoridagi mablag‘ undirib berildi. Ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar energiya resurslaridan samarali foydalanishni tartibga solish hamda iste’molchilarning to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Byuro organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash va qarzdorlik holatlarini qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘z samarasini bermoqda.






Izohlar
0