Qarzdorlik sababli BYD avtomobili auksion savdolariga chiqarildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Qarzdorlik sababli BYD avtomobili auksion savdolariga chiqarildi

Maqsadli kredit mablag‘laridan belgilangan tartibda foydalanmaslik va yuzaga kelgan qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik qonuniy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bunday holatlarda moliyaviy muammolarni hal etish uchun sud organlariga da’vo arizalari kiritiladi. Sud tomonidan qabul qilingan ijro hujjatlari esa majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun MIB organlariga yuboriladi.

Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining tegishli qaroriga muvofiq, qarzdor X.M.dan “Trastbank” XAB To‘rtko‘l filiali foydasiga kredit qarzdorligini undirish belgilangan. Kredit shartnomasida ko‘rsatilgan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish oqibatida yuzaga kelgan ushbu qarzdorlikni undirish jarayoni qonun hujjatlariga asosan amalga oshirilmoqda.

Majburiy ijro byurosi xodimlari sud qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli choralarni ko‘rib, qarzdorlikni to‘liq qoplash bo‘yicha zarur protsessual harakatlarni olib bormoqda. Mazkur holat kredit mablag‘larini maqsadli ishlatish va majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish