Pastdarg‘omda qarzdorlik sababli korxona yuk avtomobili xatlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Pastdarg‘omda qarzdorlik sababli korxona yuk avtomobili xatlandi

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlarida belgilangan talablarni so‘zsiz bajarish hamda davlat va boshqa turdagi qarzdorliklarni undirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Joriy nazorat tadbirlari doirasida Pastdarg‘om tumanida faoliyat yurituvchi Ch.I.P MCHJ mas’uliyatli jamiyatining soliq va boshqa turdagi majburiy to‘lovlar bo‘yicha yig‘ilib qolgan qarzdorligini bartaraf etish yuzasidan tegishli huquqiy choralar ko‘rildi. Ijro hujjatlariga asosan, davlat byudjetiga tushishi lozim bo‘lgan mablag‘larni undirish maqsadida byuro xodimlari tomonidan majburiy ijro harakatlari tashkil etildi.

Ushbu jarayon davomida qarzdor korxonaning moliyaviy holati o‘rganilib, mavjud qarzdorlikni qoplash bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda ishlar olib borilmoqda. Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi soliq intizomiga rioya etilishini ta’minlash hamda davlat manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.

Hozirgi vaqtda ijro ishi yuritish doirasida korxonaga nisbatan qonunchilikda ko‘zda tutilgan majburiy choralarni qo‘llash jarayoni davom etmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish