O'zbekistonda har mingta nikohga 175 ta ajrim to'g'ri kelmoqda

0
O'zbekistonda har mingta nikohga 175 ta ajrim to'g'ri kelmoqdaO'zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etdi O'zbekistonda oilaviy munosabatlarning joriy holati va barqarorlik ko'rsatkichlari yuzasidan o'tkazilgan tahlil natijalari e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2025 yil yakunlariga ko'ra, respublika bo'yicha nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promille darajasida qayd etildi. Ushbu statistik ma'lumot mamlakatda ro'yxatga olingan har 1000 ta nikohga o'rtacha 175 ta ajrim holati to'g'ri kelayotganini anglatadi.

Hududlar kesimidagi o'rganishlar oilaviy birdamlik darajasi viloyatlarda turlicha ekanini ko'rsatdi. Xususan, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi ko'rsatkichi boshqa hududlarga qaraganda yuqori ekani va oilalar mustahkamligi saqlanib qolinayotgani aniqlandi.

Shu bilan birga, Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida oilaviy ajrimlar bilan bog'liq vaziyat nisbatan murakkabligicha qolmoqda. Mazkur hududlarda qayd etilgan ajrimlar soni respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichlardan yuqori ekani kuzatildi.

Mutaxassislar hududlardagi ushbu tafovutlarni ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa omillar bilan izohlamoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari