Olmazor tumanida yuz bergan yong‘in elektr ta’minotini uzib qo‘ydi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish3

Olmazor tumanida yuz bergan yong‘in elektr ta’minotini uzib qo‘ydiBugun, 1 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan Kichik halqa yo‘li ko‘chasidagi elektr podstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa transformatorning yonib ketishi oqibatida yuzaga kelgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruv otryadlari chaqiruv bo‘yicha soat 19:01 da voqea joyiga yetib borgan.

Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 19:12 da o‘rab olindi va tarqalishining oldi olindi. Ayni damda olovni to‘liq o‘chirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Hodisa joyida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida hozircha rasmiy xabar kelib tushmadi. Vaziyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Yong‘in texnik nosozlik keltirib chiqargani sababli, Shayxontohur hamda Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi. Ushbu cheklovlar taxminan 6200 ta xonadon va 800 dan ortiq yuridik shaxs faoliyatiga vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar elektr tizimini qayta tiklash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqdalar.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish