Odilxon Ismoilov apellyatsiya sudi qarori bilan ozodlikka chiqdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Odilxon Ismoilov apellyatsiya sudi qarori bilan ozodlikka chiqdi

Joriy yilning iyul oyida sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Odilxon qori Ismoilov ozodlikka chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur ma’lumotni uning yaqinlari tasdiqladi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, joriy yilning 12 oktyabr sanasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudida Odilxon Ismoilovga nisbatan qo‘llanilgan hukm apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqilgan.

Sud hay’ati ish hujjatlarini o‘rgangan holda, avvalgi hukmni o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu sud majlisi yakunlariga ko‘ra, Odilxon Ismoilov sud zalidan ozodlikka chiqarildi.

Eslatib o‘tish joizki, joriy yilning iyul oyida Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi tomonidan Odilxon Ismoilovga nisbatan sakkiz yillik ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi. Mazkur ish jamoatchilik va huquqshunoslar diqqat markazida bo‘lib kelayotgan edi.

Hozirgi kunda sudning apellyatsiya instansiyasi tomonidan qabul qilingan yakuniy qaror asosida u o‘z uyiga qaytgan. Ish yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlar hozircha ochiqlanmagan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish