Navoiyda nohaq ishdan bo‘shatilgan xodimlar o‘z o‘rniga tiklandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Navoiyda nohaq ishdan bo‘shatilgan xodimlar o‘z o‘rniga tiklandi

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati boshqarmasi hamda uning joylardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan fuqarolarning mehnat sohasidagi qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur jarayon doirasida, ayniqsa, ish beruvchilar tomonidan asossiz ravishda ishdan bo‘shatilgan xodimlarning huquqlarini tiklash hamda ularga to‘lanmay qolgan ish haqi mablag‘larini undirishga qaratilgan sud qarorlarining ijrosini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida byuro organlari aralashuvi bilan mehnat nizolari bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi.

Xususan, sud qarorlariga asosan o‘z ish o‘rniga tiklanishi belgilangan 25 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, xodimlarga nisbatan yuzaga kelgan moddiy qarzdorliklarni undirish bo‘yicha ham tegishli ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Byuro xodimlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash va mehnatkashlarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan bu kabi sa’y-harakatlar fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ishlar ijro hujjatlarining talablari asosida qat’iy nazorat ostida amalga oshirilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish